Turli millatga mansub immigrantlar vizasi (Green-Card)
Diversity Visa dasturi bo'yicha murojaatlar yilning ma'lum bir muddati ichida ko'rib chiqiladi. Ro'yxatdan o'tish uchun, DV dasturi veb-sahifasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Kentukki Konsullik Markazi (KCC) dastur bo'yicha barcha suhbatlarni belgilaydi. AQSh Elchixonasi, KCC sizning suhbat sanangizni belgilab berguniga qadar, sizning ishingiz yoki suhbatingiz bo'yicha qo'shimcha ma'lumot taqdim etish imkoniyatiga ega emas. Suhbat sanangiz belgilanganidan so'ng, AQSh Elchixonasi sizning ishingiz bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishiga qadar orada kechikish bo'lishi mumkin.
Quyida Diversity Visa dasturi bo'yicha belgilangan immigratsion viza suhbati kuni olib kelish talab etilgan hujjatlar ro'yxati keltirilgan:
DV dasturi uchun ma'muriy to'lov miqdori har bir murojaatchi uchun $330 USDni tashkil etadi.
To'liq ma'lumot uchun rasmiy hujjatlar ro'yxati bilan tanishib chiqing.
Toshkentdagi AQSh Elchixonasiga, O'zbekistondan tashqari boshqa davlat murojaatchilaridan ko'chirish bo'yicha juda ko'plab murojaatlar kelmoqda. Hozirgi vaqtda biz O'zbekiston fuqarosi va rezidenti bo'lmagan shaxslardan ushbu dastur bo'yicha immigratsion ishni ko'chirish murojaatlarini qabul qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Kelgusida bo'sh suhbat o'rinlari yuzaga kelgan holatda, murojaatchilar bilan bog'lanib, xabar beriladi.

Agar immigratsion ish raqamingiz ko'rib chiqish uchun ruxsat berilgan bosqichda bo'lsa va KCC dan suhbat xatini qabul qilib olgan bo'lsangiz, quyidagi yo'riqnomalarga amal qiling:
ConsularTashkent@state.gov elektron manziliga quyidagi ma'lumotni yuboring:
Doimiy rezidentlar bir yilgacha bo'lgan muddat ichida AQShdan tashqariga chiqishlari mumkin. Agar siz doimiy rezident bo'lsangiz va mamlakatdan tashqarida bir yildan ortiq muddat davomida qolgan bo'lsangiz, AQShga qaytadan kirish uchun murojaat etishingiz kerak bo'ladi.
Agar AQShdan tashqarida bir yildan kam muddat ichida qolgan bo'lsangiz yoki qaytib kirish uchun ruxsatnomangiz bo'lsa, Konsullik bo'limi pasportingizga Boarding Foil (vaqtinchalik hujjat) urib berishi mumkin.
M44 - BOARDING FOIL - TO'LIQ ISMJarayon 7 ish kunini tashkil etadi. Hujjat 4 hafta davomida amal qiladi.
Doimiy rezidentlar AQShdan tashqariga safar qilishlari mumkin. Biroq, sizning AQShda doimiy yashash maqsadingiz bo'lmagan deb topilsa, siz doimiy rezidentlik maqomingizdan voz kechgansiz deb hisoblanasiz.
Qo'shimcha ma'lumot uchun USCIS veb-sahifasiga o'ting.
ConsularTashkent@state.gov ga yozing:



Ha, saytimiz orqali anketa to'ldirish narxlari:



Oilalilar ikkita anketa yuborishi mumkin: biri er va ikkinchisi xotin uchun.

